MAFKURA TUSHUNCHASI VA EVOLYUTSIYASI
Аннотация
Ushbu maqolada mafkura tushunchasi, uning etimologiyasi va tarixiy evolyutsiyasi tadqiq etilgan. Maqolada mafkuraning qadimgi davrlardan bugungi kungacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari, uning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni hamda funksiyalari yoritilgan. Mualliflar mafkuraviy qarashlarning antik davrdan hozirgi davrgacha bo‘lgan evolyutsiyasini tahlil qilib, har bir tarixiy bosqichdagi asosiy g‘oyalar, tushunchalar va ularning namoyondalari haqida ma’lumot bergan. Shuningdek, maqolada mafkuraning birlashtiruv, dasturiy, yo‘l ko‘rsatish beruvchi, safarbar etuvchi, manipulyatsiya qiluvchi hamda himoya funksiyalari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida mafkura evolyutsiyasining jamiyat taraqqiyotiga ta’siri, aqidaparastlik va totalitarizm kabi salbiy shakllarning xavfi, hamda milliy mafkuraning bugungi kundagi ahamiyati to‘g‘risida xulosalar shakllantirilgan.
Перевод пока недоступен