TIJORAT BANKLARIDA ISLOMIY BANK XIZMATLARINI JORIY QILISH IMKONIYATLARI
Аннотация
Bugungi kunda dunyo mamlakatlari islom moliya tizimini rivojlantirish yoʻlidaulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda iqtisodiy oʻsishni ekologik barqarorlik bilanuygʻunlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻz navbatida, islom moliyasi tamoyillariasosida yashil loyihalarni moliyalashtirish usullarini oʻrganish Oʻzbekiston va boshqadavlatlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Demak, islom moliyasini chuqurroqoʻrgansak va uni iqtisodiyotimizga tatbiq qilsak biz yuqori natijalarga erishishimizmumkin ekan. Xoʻsh islom moliyasi nima oʻzi: Islomiy moliya – bu aksiyalargaasoslangan, aktivlarga asoslangan, axloqiy, barqaror, ekologik va ijtimoiy jihatdanmas'uliyatli moliya hisoblanadi45. SHuningdek, islom moliyasi risklarni taqsimlashniragʻbatlantiradi, moliya sektorini real iqtisodiyot bilan bogʻlaydi hamda moliyaviyinklyuzivlik va ijtimoiy farovonlikka urgʻu beradi. Islom moliyasi axloqiy tamoyillar,jumladan, moliyaviy inklyuziya va ijtimoiy farovonlik asosida qurilgan boʻlib, aktivlarbilan ta'minlangan moliyaviy vositalar va muassasalar toʻplamini anglatadi. Bundafoyda va zararlarni taqsimlash va moliya sektori bilan real iqtisodiyot oʻrtasidagiintegratsiyaga e'tibor qaratiladi. Aksincha, zararli yoki axloqqa zid faoliyatlar (Harom)– foiz (Ribo) olish, qimor oʻynash (Maisir), spekulyatsiya va noaniqlik (Gʻarar) kabiharakatlar qat'iy man etiladi. Islom moliyasi shuni taqozo etadiki, investitsiyalar faqatIslom qonun-qoidalariga yoki SHariatga mos keladigan aktivlarni qamrab olishi, harbir tranzaksiya esa haqiqiy iqtisodiy faoliyatga bogʻliq boʻlishi kerak. Islommoliyasining ushbu asosiy tamoyillari yashil va barqaror moliya tamoyillari bilanyaqin aloqada hisoblanadi.Jumladan, Mamlakatimizda 2003 yil sentyabrda islom taraqqiyot bankininga'zoligiga a'zo boʻldi. Buning natijasida, Oʻzbekistonda ilk bora islomiymoliyalashtirishga asosan loyihalarni amalga oshirildi. SHuningdek, 2004 yilda Islomtaraqqiyot banki (ITB) tomonidan energetika va sogʻliqni saqlash sohasidagiloyihalarni moliyalashtirish uchun “ijara” va “murobaha” shartnomalaridanfoydalanilgan. Biroq, Oʻzbekistonda Islom taraqqiyot banki (ITB) faoliyatinimustaqillikning dastlabki yillaridan boshlagan, lekin ushbu tashkilotga a'zo boʻlmagandavlatlarning musulmon jamoalarini qoʻllab-quvvatlash dasturi orqali grant loyihalarniamalga oshirishda namoyon boʻlgan.Shuningdek, 2023 yil yakunlari boʻyicha jahon boʻyicha islom moliya aktivlari4,0 trillion AQSH dollariga etdi. Dunyo boʻylab islom moliya tizimini huquqiyjihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun 47 mamlakatda huquqiy asoslar yaratilgan boʻlib,ushbu davlatlarda 1600 ga yaqin moliya muassasasi keng koʻlamli moliyaviy xizmatlarkoʻrsatmoqda. Islomiy moliya sanoati 80 dan ortiq mamlakatlarni qamrab olgan boʻlsada,asosiy qismi oʻsishni ragʻbatlantiradigan, standartlarni oʻrnatadigan vainnovatsiyalarni ragʻbatlantiradigan bir nechta mamlakatlarda toʻplangan. Shariatgamos keladigan aktivlarning deyarli 95 foizi oʻnta davlatga toʻgʻri keladi va ularningbarchasi Yaqin Sharqda va Janubiy-Sharqiy Osiyoda joylashgan.2018 yildan boshlab Oʻzbekistonda islom moliyasini amaliyotga tatbiq etishboʻyicha sa'y-harakatlar boshlandi. Dastlabki qadamlar moliyaviy xizmatlar bozoridaislom moliyasi tomonidan taklif etiladigan xizmatlarni keng tatbiq etishga qaratilgannormativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishdan boshlandi.2021 yil 13 aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozoriniyanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6207 sonli Qarori bilan Moliyavazirligiga islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qogʻozlar bozoriga oidoid qonunchilik bazasini shakllantirish vazifasi yuklandi.2022 yil 21 aprelda “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirishfaoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-765 sonli Qonuni qabulqilindi. Ushbu hujjatda islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarga tarif bergan holda,nobank kredit tashkilotlari tomonidan bunday xizmatlarni koʻrsatishga ruxsat berildi.2024 yil 26 iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining“Mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarnikoʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (3536 raqam bilanroʻyxatga olingan) qabul qilindi. Mazkur qarorda quyidagi islomiy moliya xizmatlarinikoʻrsatish tartibi belgilab qoʻyilgan: Nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish (murobaha) xizmatini koʻrsatish; Islomiy ijara xizmatlarini koʻrsatish; Ijara obyektini keyinchalik sotib olish sharti asosida (ijara muntahiyya bittamlik)islomiy ijara xizmatini koʻrsatish; Foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (muzoraba) xizmatinikoʻrsatish; Sherikchilik – foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish(mushoraka) xizmatini koʻrsatish.Shariat boʻyicha moliyalashtirishning eng mukammal instrumentlari mushorakava muzoraba hisoblanadi. Investorlarning ikkala moliyaviy instrument orqali kiritganinvestitsiyalari tijorat faoliyati davomida real aktivlarga aylanadi. Foyda esa yaratilganreal aktivlar realizatsiyasidan ishlab topiladi.Islom moliyasi boʻyicha tadqiqotchi-ekspert J.Imomnazarov tomonidanoʻtkazilgan tadqiqot natijalarini koʻrib chiqadigan boʻlsak, Oʻzbekistonda biznesvakillarining 38 foizi, hamda jismoniy shaxslarning 55 foizi diniy qarashlari sabablian'anaviy kreditlardan foydalanmasliklarini aytishgan. Aholisining 93 foizinimusulmonlar tashkil etadigan mamlakatimizda islom moliyasiga talab oshibbormoqda.Lekin, normativ-huquqiy hujjatlar bazasining yetishmovchiligi, islom moliyasiasosida qurilgan biznes jarayonlarni soliqqa tortish mexanizmi va boshqaruvinfratuzilmasi ishlab chiqilmaganligi hamda moliyaviy xizmatlarni taklif etuvchitashkilotlarni sertifikatlash tizimining yoʻqligi ushbu bozorning rivojlanishigatoʻsqinlik qilmoqda.
Перевод пока недоступен