SAMARQAND ZARDO'ZLIK SAN'ATI: TARIXIY TARAQQIYOTI, BADIIY AN'ANALARI VA ZAMONAVIY TALQINLARI
Аннотация
Annotatsiya: Mazkur maqolada Samarqand zardo‘zlik san’atining shakllanish jarayoni, tarixiy ildizlari va asrlar davomida rivojlanib borgan badiiy an’analari ilmiynazariy jihatdan tahlil qilinadi. Unda zardo‘zlikning Samarqand maktabiga xos bo‘lgan naqsh kompozitsiyalari, rang uyg‘unligi, texnik ishlov berish usullari hamda mahalliy ustalar tomonidan yaratilgan badiiy maktablarning o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Tadqiqot davomida zardo‘zlik san’atining qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari, hunarmandchilik markazlari, ustoz-shogird an’anasining davomiyligi va bu sohaning madaniy meros sifatidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, bugungi kunda zardo‘zlikning zamonaviy dizayn, turizm, moda industriyasi va xalqaro bozorlar bilan uyg‘unlashuvi, yangi texnologiyalar va ijodiy yondashuvlar asosida qayta talqin qilinishi haqida ilmiy xulosalar beriladi. Maqolada Samarqand zardo‘zligining milliy identitetni ifodalashdagi o‘rni, estetikasining barqarorligi va uning hozirgi avlod uchun ahamiyati alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: Samarqand zardo‘zligi, an’anaviy hunarmandchilik, naqsh kompozitsiyasi, milliy meros, ustoz-shogird maktabi, badiiy an’ana, zardo‘zlik texnologiyasi, tarixiy taraqqiyot
Перевод пока недоступен