DIABETIK NEYROPATIYADA VITAMIN B KOMPLEKSI SAMARADORLIGI
Аннотация
Diabetik neyropatiya (DN) qandli diabetning eng ko‘p uchraydigan surunkali asoratlaridan bo‘lib, periferik nerv tolalarining metabolik va mikrosirkulyator shikastlanishi natijasida og‘riq, paresteziya, uvishish, sezuvchanlik pasayishi hamda funksional cheklanishlar bilan kechadi. DN patogenezida giperglikemiya, oksidativ stress, poliol yo‘li faollashuvi, glikatsiya mahsulotlari to‘planishi va endonevral ishemiya yetakchi omillar sifatida qaraladi. Shu bois davolashda glikemik nazorat bilan bir qatorda nerv to‘qimasining trofik-metabolik ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlovchi yordamchi terapiyalar dolzarbdir. Vitamin B kompleksi (B1, B6, B12) neyronlarda energiya almashinuvi, mielin sintezi, aksonal transport va neyromediatorlar biosintezida ishtirok etishi sababli DNda istiqbolli vosita sifatida qo‘llaniladi.
Перевод пока недоступен