BIRLAMCHI O'PKA ARTERIAL GIPERTENZIYASI: ETIOPATOGENEZ, KLINIK BELGILARI VA DAVOLASH STRATEGIYALARI
Аннотация
Birlamchi (idiopatik) o‘pka arterial gipertenziyasi – o‘pka arteriyalarida qon bosimining uzluksiz oshishi bilan tavsiflanadigan surunkali va progressiv kasallikdir. Kasallikning patogenezi murakkab bo‘lib, endoteliya disfunktsiyasi, vaskulyar remodelatsiya va gipoksiya bilan bog‘liq mexanizmlarga asoslanadi. Klinik kechishi dastlab noaniq bo‘lishi mumkin, ammo surunkali charchoq, nafas qisishi va taxikardiya kabi simptomlar bilan namoyon bo‘ladi. Tezisda BOAGning etiologiyasi, tashxis usullari, jumladan ekokardiografiya, o‘pka arteriyalari kateterizatsiyasi va laborator tekshiruvlar, shuningdek zamonaviy farmakologik va invaziv davolash yondashuvlari tahlil qilingan. Natijalar kasallikni erta aniqlash va individual davolash strategiyalarini ishlab chiqishning ahamiyatini tasdiqlaydi.
Перевод пока недоступен