FUNKSIONAL YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Аннотация
Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini funksional yondashuv asosida rivojlantirish masalasi keng yoritilgan. Kasbiy kompetentlik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning tarkibiy komponentlari – nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, kommunikativ va innovatsion salohiyat, shuningdek, shaxsiy va motivatsion jihatlar tahlil qilinadi. Funksional yondashuv pedagogik jarayonni yagona tizim sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi, bunda tarbiyachi, bola, pedagogik metod va mashg‘ulot shakllari o‘zaro bog‘liq holda umumiy maqsadga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv bo‘lajak tarbiyachilarga kasbiy vazifalarni samarali va ijodiy bajarishga tayyorlash, nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish hamda refleksiv va metakognitiv kompetensiyalarni shakllantirish imkonini beradi. Shuningdek, maqolada maktabgacha ta’lim tizimini modernizatsiya qilish sharoitida pedagog kadrlarning professional tayyorgarligini oshirish zarurati ta’kidlanadi. Bo‘lajak tarbiyachilarni integratsion yondashuv asosida tayyorlash, ularning shaxsiy motivatsiyasini mustahkamlash, kasbiy identifikatsiyasini rivojlantirish va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish orqali kasbiy kompetentligini yanada boyitish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Innovatsion pedagogik texnologiyalar, amaliy topshiriqlar, muammoli vaziyatlar va rolli o‘yinlar orqali kasbiy funksiyalarni bajarish ko‘nikmalari rivojlantiriladi, bu esa tarbiyachining real pedagogik faoliyatga tayyorligini oshiradi. Mazkur yondashuvning joriy etilishi nafaqat bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga, balki ta’lim sifatini oshirishga, pedagogik jarayonning samaradorligini ta’minlashga va raqobatbardosh, zamonaviy pedagog kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Перевод пока недоступен