ZARDUSHTIYLIK ELEMENTLARINING O'ZBEK URF-ODATLARI BILAN UZVIY BOG'LIQLIGI
Аннотация
Mazkur maqolada zardushtiylik dinining tarixiy ildizlari va uning o‘zbek xalqining milliy urf-odatlari, an’analari hamda marosimlariga ko‘rsatgan ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Markaziy Osiyo hududida keng tarqalgan zardushtiylik qadimgi davrlarda nafaqat diniy e’tiqod tizimi, balki ijtimoiy, ma’naviy va madaniy hayotning muhim tarkibiy qismi sifatida shakllangan. Tadqiqot davomida o‘zbek xalqining ayrim marosimlari, jumladan, Navro‘z bayrami, olov bilan bog‘liq marosimlar, poklik tushunchasi, suv va yerga bo‘lgan hurmat kabi urf-odatlarda zardushtiylikka xos elementlar saqlanib qolganligi aniqlangan. Shuningdek, mazkur elementlarning avloddan-avlodga o‘tib, zamonaviy o‘zbek jamiyatining madaniy qadriyatlari tarkibiga singib ketganligi ilmiy asosda yoritilgan.
Перевод пока недоступен