ZAMONAVIY O‘ZBEK TILIDA AGNONIMLARNING PRAGMATIK-PRESUPPOZITSIYAVIY VA LINGVOEKOLOGIK TALQINI
Аннотация
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek badiiy matnlarida uchraydigan agnonimlarning pragmatik va lingvoekologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda agnonimlarning presuppozitsiya orqali yuzaga chiqaradigan yashirin axboroti, ularning nutq jarayonidagi kommunikativ vazifalari hamda matn mazmunini boyitishdagi o‘rni yoritiladi. Badiiy matn misollarida agnonimlar orqali qahramon nutqini individuallashtirish, komik effekt yaratish va ijtimoiy-lisoniy tafovutlarni aks ettirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, agnonimlarning lingvoekologik jihatdan nutq muhitiga ta’siri, til egalarida tushunmovchilik yoki ma’no buzilishiga olib kelish ehtimoli muhokama qilinadi. Maqola pragmalingvistika va lingvoekologiya kesishgan nuqtada olib borilgan tadqiqot natijalariga asoslanadi.
Перевод пока недоступен