IQTISODCHI MUTAXASSIS TAYYORLASHDA TIL VA KASBIY FANLAR INTEGRATSIYASI MASALALARI
Аннотация
Iqtisodchi mutaxassis tayyorlash jarayonida til va kasbiy fanlar integratsiyasi ta’lim natijalarini amaliy kompetensiyalarga yo‘naltirish, iqtisodiy tafakkur va professional muloqot madaniyatini uyg‘un rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Ushbu tezisda integratsiyaning nazariy-pedagogik asoslari, uning kompetensiyaviy yondashuv bilan uzviy bog‘liqligi hamda iqtisodiy ta’limda til o‘qitish mazmunini kasbiy diskurs va janrlar bilan uyg‘unlashtirish zarurati konseptual jihatdan yoritildi. Tadqiqot konsepsiyasi fanlararo integratsiya, CLIL yondashuvi, ESP g‘oyalari va diskursga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillarini birlashtiradi. Natijada integratsiyalashgan o‘qitish modeli iqtisodiy matnlar bilan ishlash, tahliliy yozma nutq, og‘zaki taqdimot va kasbiy muzokara ko‘nikmalarini bir vaqtda rivojlantirishga xizmat qilishi, baholash esa aynan kasbiy vazifalar orqali namoyon bo‘ladigan natijalarga moslashtirilishi lozimligi asoslandi.
Перевод пока недоступен