Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseскороОткрытый API экосистемы
Статья

<b>ANOR PO‘STLOG‘IDAN BIOFAOL QO‘SHIMCHA OLISHNING INNOVATSION EKSTRAKSIYA TEXNOLOGIYASI</b>

Dilobar Abdukaxarovna MirzayevaIslom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiAzizaxon Nodirxo‘jaqizi SafoxonovaIslom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiXasan Turdio‘g‘li SagdiyevKarshi State Technical University
ABI

Аннотация

Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston sharoitida keng tarqalgan Punica granatum L. turiga mansub “Qizil Anor” po‘stlog‘i asosida biofaol qo‘shimcha olish texnologiyasi o‘rganildi. Xom ashyodan polifenollar, ellag kislotasi, taninlar va boshqa biofaol birikmalarni maksimal darajada ajratib olish maqsadida an’anaviy suv–spirt ekstraksiyasi, ultratovushli ekstraksiya (UAE) hamda mikrotovushli ekstraksiya (MAE) texnologiyalari taqqoslandi. Olingan ekstraktlarning antioksidant faolligi DPPH, FRAP va ABTS metodlari orqali baholandi. Quritish texnologiyalari – purkab quritish va liofillizatsiya – yakuniy biofaollikni saqlash darajasi bo‘yicha solishtirildi. Olingan ilmiy natijalar anor po‘stlog‘idan yuqori qiymatli biofaol qo‘shimchalar ishlab chiqarish texnologiyasini optimallashtirish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Показатели — AkademScholar · Скоро