KONSTITUTSIYAVIY ODIL SUDLOVNI ILM VA TAʼLIM BILAN UYGʻUN RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Аннотация
Ushbu maqolada konstitutsiyaviy odil sudlov tizimini zamonaviy ilmiy yondashuvlar bilan uygʻun rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Konstitutsiyaviy nazorat demokratik huquqiy davlat mexanizmining asosiy ustuni sifatida koʻrib chiqilib, uning samaradorligi ilm-fan, taʼlim va intellektual muhit bilan chambarchas bogʻliq ekanligi asoslanadi. Konferensiya materiallari doirasida konstitutsionalizm maktabini shakllantirish, konstitutsiyaviy huquq boʻyicha ixtisoslashgan magistratura yoʻnalishini joriy etish, odil sudlov akademiyasida maxsus oʻquv modullarini tashkil etish, yoshlar oʻrtasida konstitutsiyaviy tafakkurni rivojlantirish hamda Konstitutsiyaviy sud huzurida ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish kabi takliflar ilgari suriladi.
Перевод пока недоступен