Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

PARAMETRLI ALGEBRADA SAMARALI HISOBLASH USULLARI

Zarifjon Turakulovich XudoykulovPhD, dotsent, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent, O'zbekistonUmidjon Umarjon o'g'li XudoynazarovTayanch doktorant,Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent, O'zbekiston
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada parametrli algebra doirasida parametrli darajaga oshirish amallarining hisoblash samaradorligi tahlil qilinib, ularni tezkor hisoblashning algoritmik yondashuvi taklif etiladi. Parametrli algebra xossalaridan foydalangan holda parametrli darajaga oshirish amallarini tezkor darajaga oshirish usullariga keltirish imkoniyati asoslanadi va tegishli hisoblash modeli ishlab chiqiladi. Taklif etilgan yondashuv parametrli darajaga oshirishni samaraliroq hisoblash hamda uning hisoblash murakkabligini kamaytirish imkonini beradi. Olingan natijalar parametrli algebra asosidagi hisoblashlarning samaradorligi haqidagi yondashuvlarni qayta ko'rib chiqishga asos bo'lib, darajaga oshirish sekinligi ko'pincha algebraik tuzilishidan emas, balki qo'llanilayotgan hisoblash usullaridan kelib chiqishini ko'rsatadi. Tadqiqot parametrli algebra asosidagi kriptografik hisoblashlarni samarali tashkil etish va algoritmik optimizatsiya masalalarini hal qilish uchun muhim asos yaratadi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0