BA'ZI 3D-METALLARNING 6-AMINOPIRIDIN-2-KARBON KISLOTASI BILAN KOMPLEKS BIRIKMALARINI OLISH VA ULARNING ISHLATILISHI
Аннотация
Hozirgi davrda koordinatsion birikmalar kimyosi noorganik kimyoning eng muhim va istiqbolli yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, o‘tish metallari bilan hosil bo‘ladigan kompleks birikmalar turli fizik-kimyoviy xossalari, katalitik faolligi hamda biologik faoliyati bilan ilmiy tadqiqotlarning muhim obyektiga aylangan. Ushbu tadqiqot ishida 3d-metallar – mis (Cu), nikel (Ni), kobalt (Co), rux (Zn) va temir (Fe) ionlarining 6-aminopiridin-2-karbon kislotasi bilan hosil qilgan kompleks birikmalarini sintez qilish, ularning tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish masalalari ko‘rib chiqildi.