TIK SILINDRSIMON REZERVUARLARDA BENZIN BUG‘LANISH YO‘QOTISHLARINI KAMAYTIRISH USULLARINING TAHLILI
Аннотация
Ushbu maqolada tik silindr shakldagi rezervuarlarda benzin bug‘lanish yo‘qotishlarini kamaytirish masalalari tahlil qilingan. Rezervuarlarda bug‘lanish yo‘qotishlarining asosiy manbalari sifatida kichik va katta “nafas olish” jarayonlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, bug‘lanish jarayoniga ta’sir qiluvchi asosiy omillar — benzinning Reid bug‘ bosimi (RVP), harorat, rezervuar hajmi va konstruktiv xususiyatlari o‘rganilgan. Maqolada pontonli, suzuvchi tomli va germetik rezervuarlarning bug‘lanish yo‘qotishlarini kamaytirishdagi samaradorligi taqqoslab tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, nafas olish klapanlariga disk-aks ettirgich o‘rnatish hamda bug‘larni kondensatsiyalash texnologiyasidan foydalanish bug‘lanish yo‘qotishlarini sezilarli darajada kamaytirishi mumkinligi aniqlangan. Ushbu yondashuv iqtisodiy samaradorlikni oshirish bilan birga ekologik xavfsizlikni ham ta’minlaydi.
Перевод пока недоступен