SYNTHESIS AND IR SPECTROSCOPIC ANALYSIS OF Co(II), Ni(II) AND Cu(II) ION COMPLEXES WITH SULFANILAMIDE AND NICOTINAMIDE
Аннотация
Ushbu tadqiqot d-metallarning biologik faol ligandlar bilan aralash ligandli koordinatsion birikmalarini maqsadli sintez qilish va ularning tarkibiy tuzilishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot obyekti sifatida Co(II), Ni(II) va Cu(II) ionlarining sulfanilamid hamda nikotinamid bilan hosil qilgan aralash ligandli komplekslari tanlab olindi. Kompleks birikmalar sintezi suvli va etil spirtli muhitlarda, reagentlarning stexiometrik nisbatlarini aniqlash orqali amalga oshirildi. Olingan mahsulotlarning individualligi, elementar tarkibi va fizik-kimyoviy parametrlari zamonaviy tahlil usullari, xususan, element tahlili va IQ-spektroskopiya yordamida o‘rganildi. IQ-spektroskopik tadqiqotlar natijasida ligandlarning metall markazi bilan koordinatsiyalanish usullari aniqlandi. Sulfanilamid molekulasining donor markazlari (aminoguruhi yoki sulfonamid guruhidagi azot/kislorod atomlari) hamda nikotinamidning piridin halqasidagi azot atomi orqali koordinatsiyalanishi natijasida yuzaga kelgan xarakterli yutilish tasmalarining (ν(NH2), ν(SO2), ν(C=N) va ν(M-N)) yuqori chastotaga yoki past chastotaga siljishlari tahlil qilindi.
Перевод пока недоступен