G‘O‘ZANING AYRIM DIPLOID TURLARI VA ULARNING TURICHI F0 DURAGAYLARIDA TUGILISH KO‘RSATKICHLARI VA ULARDA TO‘LIQ URUG‘LAR TUGILISH DARAJASI
Аннотация
Mazkur ishda g‘o‘zaning ayrim diploid turlari (2n=26) va ularning turichi F₀ duragaylarida tug‘ilish ko‘rsatkichlari hamda to‘liq urug‘lar tug‘ilish darajasi o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida diploid shakllar va ular asosida olingan duragay kombinatsiyalarning reproduktiv biologik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilindi. Olingan natijalar diploid turlar orasida urug‘ hosil qilish darajasi bo‘yicha farqlar mavjudligini, F₀ duragaylarda esa ayrim kombinatsiyalarda tug‘ilish ko‘rsatkichlari pasayishini ko‘rsatdi. Bu holat genetik va sitologik omillar bilan izohlanadi. Shu bilan birga, ayrim duragay shakllarda nisbatan yuqori to‘liq urug‘lar hosil bo‘lishi qayd etildi. Tadqiqot natijalari seleksiya jarayonida istiqbolli genotiplarni tanlash, genetik resurslardan samarali foydalanish hamda yuqori hosildor navlar yaratishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega
Перевод пока недоступен