Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

KORONAVIRUS KASALLIK PATOGENEZI VA LABALATOR DIAGNOSTIKASI

Xasanova Mehriniso XurshidovnaTermiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yoʻnalishi 2-kurs 24-09 guruh talabalariXolmurodov Inoyatullo Ismatulloyevich
ABI

Аннотация

Koronavirus kasalligi (COVID-19) – SARS-CoV-2 beta-koronavirusi tomonidan keltirib chiqariladigan o‘tkir nafas yo‘llari infeksiyasi bo‘lib, 2019-yildan boshlab global pandemiya ko‘rinishida millionlab odamlarni yuqtirgan va sog‘liqni saqlash tizimiga jiddiy yuklama solgan. Ushbu maqola SARS-CoV-2 virusining patogenezi va laborator diagnostikasining zamonaviy ilmiy ma’lumotlarini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Patogenez bo‘limida virusning tuzilishi (to‘rt asosiy oqsil: spike (S), envelope (E), membrane (M) va nucleocapsid (N)), hujayraga kirish mexanizmi (ACE2 retseptori va TMPRSS2 proteaza orqali S1/S2 bo‘linishi), sitoplazmadagi replikatsiya jarayoni (RdRp fermenti ishtirokida), shuningdek, immun tizimning giperreaksiyasi – sitokin bo‘roni (IL-6, TNF-α, IL-1β va boshqa sitokinlarning haddan tashqari sekretsiyasi), endotelial disfunktsiya, mikrotrombozlar, o‘pka alveolalarida diffuz yallig‘lanish va ARDS (o‘tkir nafas yetishmovchiligi sindromi) rivojlanishi batafsil yoritiladi. Qo‘shimcha ravishda, virusning immun evaziyasi, variantlar (Omicron va boshqalar) ta’siri, to‘qimalarga bevosita zarar yetkazishi hamda uzoq muddatli asoratlar (long COVID) mexanizmlari ko‘rib chiqiladi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0