Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

BRONXIAL ASTMA VA UNING DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASI

Toshtemirova Muxlisa Irgash qiziTermiz Iqtisodiot va Servis Universiteti tibbiyot fakulteti Davolash ishi ta'lim yo'nalishi
ABI

Аннотация

Bronxial astma - bu surunkali yallig‘lanish bilan kechadigan nafas yo‘llarini torayishi bo‘lib, bronxospazm va mukus ishlab chiqarishning ortishi bilan xarakterlanadi. Astma ko‘pincha nafas qisilishi, yo‘tal, ko‘krak qismida og‘irlik va shovqinli nafas olish bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu kasallik butun dunyo bo‘yicha keng tarqalgan bo‘lib, har qanday yoshdagi insonlarda uchrashi mumkin. Astmaning paydo bo‘lishida genetik omillar, atrof-muhit sharoitlari va immunologik mexanizmlar o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada bronxial astmaning kelib chiqish sabablari, asosiy patogenez mexanizmlari, shuningdek zamonaviy davolash usullari keng qamrovli tahlil qilindi. Tadqiqotlar allergenlar, genetik predispozitsiya, atrof-muhit omillari va immunologik reaktsiyalarni bronxial astma rivojlanishidagi asosiy omillar sifatida ko‘rsatadi. Maqolada yallig‘lanish jarayonining molekulyar va hujayra asoslari, sitokinlar va immun hujayralar roli, havo yo‘llaridagi remodeling mexanizmlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, bronxial astma terapiyasida bronxodilatatorlar, kortikosteroidlar, biologic preparatlar, individual davolash strategiyalari samaradorligi tahlil qilindi. Ushbu ish klinik va ilmiy jihatdan bronxial astmani boshqarish bo‘yicha hozirgi zamonaviy yondashuvlarni birlashtirib, bemorlar uchun individualizatsiyalangan terapiya imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0