TURIZM SEKTORIDA INVESTITSIYA MUHITINI RIVOJLANTIRISHDA INSTITUTSIONAL INVESTORLARNING ROLI
Аннотация
Mazkur tezis O‘zbekiston turizm sohasining barqaror rivojlanishi hamda institutsional investorlarning investitsiya muhitini takomillashtirishdagi strategik rolini o‘rganadi. Ish doirasida davlat siyosati orqali turizm infratuzilmasini rivojlantirish, hududlarning salohiyatini oshirish va xorijiy hamda mahalliy investitsiyalarni jalb etish jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, turizm yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, madaniy meros obyektlarini saqlash va xususiy sektor bilan hamkorlikda rivojlantirish, raqamlashtirish orqali barqaror investitsiya muhiti yaratish masalalari yoritiladi. Mazkur jarayonda institutsional investorlarning roli turizm infratuzilmasini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va mamlakatning global turizm maydonidagi raqobatbardosh mavqeini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi.
Перевод пока недоступен