Raqamli tergov va tergov sudyalari instituti sharoitida inson huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish: nazariya va amaliyot
Аннотация
Maqolada raqamli tergov va tergov sudyalari instituti sharoitida inson huquqlarini himoya qilish masalalari tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi normalari asosida jinoyat protsessida raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati ochib berilgan. Maqolada elektron dalillar, sud nazorati, tergov sudyalari vakolatlari hamda inson huquqlarini ta’minlash mexanizmlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Amaliyotdagi muammolar – jumladan, raqamli dalillarni baholash muammolari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, sud nazoratining formallashuvi va texnik infratuzilmaning yetarli emasligi – aniqlangan. Tadqiqot natijasida inson huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan huquqiy va amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Перевод пока недоступен