HUDUDLARDA BALIQCHILIK TARMOG‘IDA “BALIQCHILIK KLASTERI”NI SHAKLLANTIRISH ORQALI INNOVATSION BOSHQARUV MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Аннотация
Maqolada turli mulkchilik shaklidagi baliqchilik subyektlarining zamonaviy shakllaridan biri baliqchilik klasterlarini tashkil etish va ularning boshqaruv mexanizmlarining asosiy mezonlari qayd etilgan. Shuningdek, klasterlarning sohada tutgan o‘rni va ularni rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha tavsiyalar keltirib o‘tilgan. Tadqiqot davomida hududlarning tabiiy-iqlim sharoiti, resurs salohiyati hamda infratuzilma imkoniyatlari asosida baliqchilik klasterlarini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilingan. Bundan tashqari, innovatsion boshqaruv mexanizmlarini joriy etish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni kuchaytirish masalalari yoritilgan. Maqolada klaster ishtirokchilari o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, logistika tizimini rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash hamda investitsion jozibadorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Перевод пока недоступен