Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

XIX ASRDA XIVA XONLIGIDA SUV INSHOOTLARI VA ULARNING IJTIMOIY-SIYOSIY AHAMIYATI (Muhammad Rizo Ogahiy asarlari asosida)

Samira To'laganova2nd-Year Undergraduate Student, History (Countries and Regions of the East) Faculty of Oriental Civilization and Philosophy Tashkent State University of Oriental StudiesBehzod ZokirovPhD, Associate Professor , Tashkent State University of Oriental Studies
ABI

Аннотация

Mazkur maqolada Xiva xonligida suv va suv inshootlarining ijtimoiy-siyosiy ahamiyati Muhammad Rizo Ogahiy asarlaridan olingan tarixiy materiallar asosida tahlil etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi irrigatsiya tizimlarining faqat agrar-iqtisodiy hayotdagi o‘rni bilan cheklanib qolmasdan, balki davlat boshqaruvi, ijtimoiy munosabatlar va siyosiy jarayonlardagi funksional rolini ochib berishdan iborat. Xiva xonligi kabi kontinental hududda suv resurslari hayotiy zarurat bo‘lib, ularni boshqarish markaziy hokimiyatning muhim vositasiga aylangan. Maqolada suv inshootlarini qurish va saqlash jarayonlari qat’iy tashkiliy tizim asosida amalga oshirilgani, bu ishlar umumxalq majburiyati – hashar shaklida tashkil etilgani yoritiladi. Tarixiy manbalar asosida bunday tadbirlarda minglab kishilar ishtirok etgani, ularning qat’iy tartib va nazorat ostida o‘tkazilgani ko‘rsatib beriladi. Ayniqsa, xonlarning ushbu jarayonlarda bevosita ishtirok etishi suv inshootlarining nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy ramziy ahamiyatga ega bo‘lgani ko‘rsatiladi. Bu holat ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash, aholining hokimiyat atrofida birlashuvini ta’minlash hamda hukmdorning legitimligini oshirishga xizmat qilgan muhim omil sifatida baholanadi. Shuningdek, tadqiqotda suv inshootlarining ichki siyosat va harbiy strategiyadagi o‘rni tahlil qilinadi. Xususan, turkman qabilalarining isyonlarini bostirishda kanallar orqali suv oqimini nazorat qilish yoki to‘sish usuli samarali siyosiy vosita sifatida qo‘llanilgani Ogahiyning asarlaridan keltirilgan parchalar asosida asoslanadi. Ayrim hollarda esa markaziy hokimiyatga nisbatan xavfli deb hisoblangan qabilalarni strategik jihatdan muhim irrigatsiya hududlariga ko‘chirish orqali ularni nazorat qilish mexanizmi qo‘llanilgani ko‘rsatib beriladi. Bu esa suv inshootlarining Xiva xonligida ko‘p qirrali boshqaruv instrumenti sifatida faoliyat yuritganini anglatadi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0