O'ZBEKISTONDA YANGI ZIYORAT MASKANLARINING SHAKLLANISHI VA TURIZM SALOHIYATIGA TA'SIRI
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekistonda 2017–2024-yillar oralig‘ida shakllanib borayotgan yangi ziyorat maskanlarining ilmiy-geografik tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqot ziyorat turizmining nazariy-metodologik asoslarini, O‘zbekistonda bu sohadagi o‘rganilganlik darajasini, yangi ziyoratgohlarning mintaqaviy taqsimlanishini, ularning turistik oqimga ta'sirini, shuningdek, mavjud muammo va istiqbollarni qamrab oladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatda 2017-yildan buyon ziyorat turizmini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan bo‘lib, 2023-yilda 1,415 million ziyoratchi qayd etilgan. Maqolada qo‘llanilgan asosiy metodlar: qiyosiy-geografik tahlil, statsionar kuzatish, kartografik modellashtirish va statistik qayta ishlash. Tadqiqot natijalari ziyorat turizmini rejalashtirish va infratuzilmani rivojlantirish sohasida amaliy ahamiyatga ega.
Перевод пока недоступен