Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

INSULIN GORMONI: TUZILISHI, FUNKSIYALARI, TA'SIR MEXANIZMI VA KLINIK AHAMIYATI

Safarova FarangizTermiz Iqtisodiyot va Servis Unversiteti Tibbiyot fakulteti davolash ishi talabasiKibriyev Bexruz AbduraxmonovichTermiz iqtisodiyot va sevis unversiteti Tibbiyot fakulteti o'qituvchisiKattaboyeva Muhayyo Nurmuhammad qiziTermiz Iqtisodiyot va Servis Universiteti, Tibbiyot fakulteti, Terapevtik fanlar kafedrasi O'zbekiston
ABI

Аннотация

Insulin gormoni inson organizmidagi eng muhim anabolik regulyatorlardan biri bo‘lib, uglevod, yog‘ va oqsil almashinuvini muvofiqlashtiradi, hujayra ichiga glyukoza kirishini kuchaytiradi, energiya zahiralarini shakllantiradi va metabolik barqarorlikni saqlab turadi. Ushbu maqolaning maqsadi insulinning molekulyar tuzilishi, biosintezi, fiziologik funksiyalari, hujayra darajasidagi ta’sir mexanizmi va amaliy tibbiyotdagi klinik ahamiyatini yagona tizimda yoritishdan iborat. Tahlil davomida insulinning preproinsulindan yetuk gormonga aylanishi, beta hujayrada sekretsiya bosqichlari, insulin retseptori orqali signal uzatilishi, jigar, mushak va yog‘ to‘qimasidagi asosiy metabolik natijalari, shuningdek qandli diabet, gipoglikemiya, insulinrezistentlik, giperinsulinizm va shoshilinch holatlardagi ahamiyati ko‘rib chiqildi. Natijalar insulinning nafaqat glyukozani pasaytiruvchi gormon, balki butun metabolik homeostazni belgilovchi markaziy regulyator ekanini ko‘rsatadi. Zamonaviy klinik amaliyotda insulin preparatlarini individual tanlash, glyemik nazoratni texnologiyalar bilan birlashtirish, gipoglikemiya xavfini kamaytirish va bemor ta’limini kuchaytirish muhim yo‘nalishlar sifatida baholanadi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0