Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

YAPONIYADA TSUDA UMEKONING AYOLLAR TA'LIMINING RIVOJLANISHIDA TUTGAN O'RNI

Rustam MamajonovPh.D student Tashkent State University of Oriental Studies
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Yaponiyada ayollar ta’limining shakllanish va rivojlanish jarayonida Tsuda Umekoning tutgan o‘rni hamda tarixiy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada Tsuda Umekoning AQShda ta’lim olishi, chet eldan qaytgan ziyoli inson sifatida duch kelgan ijtimoiy va madaniy muammolari hamda uning ta’lim sohasidagi qarashlari yoritib beriladi. Xususan, G‘arbning ayollar ta’limi modeli, akademik standartlar va pedagogik yondashuvlarni o‘rganish orqali Tsuda Umeko tomonidan Yaponiyada ayollar uchun oliy ta’limning yangi kontsepsiyasi shakllantirilgani asoslab beriladi. Maqolada Tsuda Umekoning Joshi Eigaku Juku (keyinchalik Tsuda Juku Daigaku) ta’lim muassasasini tashkil etish jarayoni, uning mafkuraviy asoslari hamda ushbu muassasaning ayollarning ijtimoiy mustaqilligi va kasbiy faolligini ta’minlashdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, Tsuda Umekoning faoliyati Yaponiyada ayollar ta’limini “yaxshi rafiqa va dono ona” modelidan akademik va ijtimoiy faollikka yo‘naltirilgan zamonaviy tizimga o‘tkazishda muhim tarixiy bosqich bo‘lib, u Meiji davri va undan keyingi davrlardagi gender tengligi va inson resurslarini rivojlantirish siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida baholanadi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0