SHAYBONIYLAR DAVRI KO'CHMANCHI O'ZBEK URUG'LARI VA ULARNING O'RTA OSIYODA TARQALISH GEOGRAFIYASI
Аннотация
Ushbu maqolada Shayboniylar davrida ko‘chmanchi o‘zbek urug‘larining etnik tarkibi, ularning shakllanish jarayoni hamda Markaziy Osiyo hududlariga tarqalish geografiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda XIII–XVI asrlarda siyosiy sahnada faol bo‘lgan turkiy va turklashgan mo‘g‘ul urug‘larining etnonimik xususiyatlari, ularning yozma manbalarda aks etishi va tarixiy rivojlanish jarayonlari yoritilgan. Shuningdek, XVI–XVIII asrlarda Dashti Qipchoqdan Amudaryo–Sirdaryo oralig‘iga amalga oshirilgan migratsiya bosqichlari tizimli ravishda ko‘rib chiqilib, ularning hududiy taqsimoti va etnomadaniy izlari tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari asosida ko‘chmanchi aholi guruhlarining mintaqa etnik va madaniy rivojiga qo‘shgan hissasi ochib beriladi.
Перевод пока недоступен