BUYUK IPAK YO‘LIDA DIPLOMATIK MUNOSABATLAR (Samarqand Sug‘di misolida)
Аннотация
Ushbu maqolada Xitoy, Markaziy Osiyo, Hindiston, Yaqin Sharq va Yevropa o‘rtasida ilk o‘rta asrlarda savdo aloqalarini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlashda diplomatiyaning roli haqida o‘ziga xos nuqtai nazar keltirilgan. Shuningdek, maqolada qadimgi imperiyalar qo‘llagan diplomatik vositalar, davlatlar o‘rtasida qanday ittifoq va bitimlar tuzilgani, mintaqadagi ziddiyatlarni bartaraf etish va keskinlikni yumshatish uchun diplomatiyaning qanday usullaridan foydalanilgani ham ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, madaniy almashinuv va diplomatik aloqalarning ilm-fan, san’at va diniy e’tiqodlar rivojiga ta’siriga e’tibor qaratilgan. Ularning tahlili natijasida diplomatiya Ipak yo‘lida barqarorlik va farovonlikning muhim omili bo‘lib xizmat qilganini tushunish imkonini beradi. Maqolada mashhur savdo yo‘li bo‘ylab savdo va madaniy almashinuv kontekstida diplomatiyaning roli yoritilgan bo‘lib, karvon yo‘llari xavfsizligini ta’minlash, savdo nizolarini hal etish, turli xalqlar va sivilizasiyalar o‘rtasidagi madaniy almashinuvni rag‘batlantirish uchun qadimgi imperiya va davlatlar diplomatik mexanizmlardan qanday foydalanganliklari tahlil qilingan bo‘lib shuningdek, Xitoydan Yevropagacha cho‘zilgan bu uzoq yo‘lda tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun qadim zamonlarda qo‘llanilgan turli diplomatik strategiyalar va vositalar tasvirlangan. Maqolada mintaqadagi mojarolarni hal qilish va harbiy to‘qnashuvlarning oldini olish uchun diplomatiyadan muvaffaqiyatli foydalanishning tarixiy misollari ham keltirilgan. Bu Buyuk Ipak yo‘lida barqarorlik va farovonlikni ta’minlashda diplomatik mahorat muhimligini tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari, maqolada madaniy va ilm-fan yutuqlarini tarqatishda, shuningdek, Ipak yo‘li bo‘ylab boshqa madaniyatlar va xalqlar haqida jamoatchilik fikri va tasavvurlarini shakllantirishda diplomatik almashinuvlarning o‘rni ko‘rsatilgan.
Перевод пока недоступен