Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

TURKIY TILLARDAGI LUG'AVIY BIRLIKLARNING MILLIY TAFAKKURNI AKS ETTIRISH VA MA'LUMOT BERISH FUNKSIYASI

Zulxumor XolmanovaAlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti
ABI

Аннотация

Annotatsiya Maqolada turkiy tillardagi lug‘aviy birliklarning milliy tafakkurni aks ettirish hamda axborot uzatishdagi funksional-semantik xususiyatlari tahlil qilingan. Leksema semantikasi doirasida semema va semalar tizimidagi o‘zgarishlar, xususan, semantik torayish va kengayish jarayonlari diaxron va sinxron yondashuv uyg‘unligida izohlangan. Bunday o‘zgarishlar turkiy tillar tabiatiga xos ko‘p ma’nolilik, konnotatsiyaga ko‘ra voqelanishi misollar orqali ko‘rsatib berilgan. Turkiy tillardagi lug‘aviy birliklar faqat nominativ vosita emas, balki xalqning tarixiy xotirasi, madaniy tajribasi va kognitiv modeli mujassam bo‘lgan akkumulyativ birlik sifatida tahlil qilingan. “Devonu lug‘otit turk” hamda “Muhokamat ul-lug‘atayn”dan olingan misollar asosida til va tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik nazariy jihatdan dalillangan. Shuningdek, ayrim leksemalarning semantik tahlili orqali til birliklarida milliy dunyoqarash, baholash va konseptualizatsiya mexanizmlari ko‘rsatib berilgan. Til birliklarining axborotni madaniy qarashlarga xos ravishda saqlovchi va uzatuvchi dinamik tizim ekanligi asoslangan. Kalit so‘zlar: leksema, semema, nomema, sema, semantika, signifikativ birlik, semasiologiya, konseptosfera, til va tafakkur, lisoniy-madaniy xususiyatlar, denotat, diaxron yondashuv, akkumulyativ vosita.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0