Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

ZIYORAT TURIZMI RIVOJLANISHIDA TIZIMLI YONDASHUV XUSUSIYATLARI VA TAMOYILLARI

G'ulomjon ArifjonovSenior Lecturer, Department of Tourism Tashkent State University of Oriental Studies Independent Researcher, Tashkent State University of Economics Tel: +998 94 628 94 77
ABI

Аннотация

Mazkur maqolada ziyorat turizmi rivojlanishida tizimli yondashuvning nazariy asoslari, xususiyatlari va tamoyillari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Jahon iqtisodiyotida tizimlar nazariyasining shakllanishi doirasida “tizim” tushunchasining turli talqinlari o‘rganilib, uning yaxlitlik, o‘zaro bog‘liqlik, barqarorlik va maqsadga yo‘naltirilganlik kabi asosiy belgilari umumlashtiriladi. Tadqiqot natijasida tizimning additivlik, emergentlik va kommutativlik qonuniyatlari ziyorat turizmi bozori faoliyatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Ziyorat turizmi bozori ochiq va murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida ko‘rib chiqilib, uning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqadorligi, elementlar o‘rtasidagi integratsiya va yagona tizim sifatida shakllanishi yoritiladi. Shuningdek, ziyorat turizmi tizimining tarkibiy tuzilmasi va unda faoliyat yurituvchi subyektlar birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi segmentlar asosida tasniflanadi. Maqolada ziyorat turizmi bozorining geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy omillar bilan belgilanadigan o‘ziga xos xususiyatlari hamda uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmning nazariy talqini ochib beriladi. Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekistonda ziyorat turizmi bozori subyektlari faoliyati tanlanib, tizimli yondashuv asosida mazkur yo‘nalishni rivojlantirish zarurati asoslab beriladi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0