BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA QADDI-QOMAT HOLATI VA UNGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR BO'YICHA O'TKAZILGAN SO'ROVNOMA NATIJALARI TAHLILI
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qaddi-qomat holati va unga ta’sir etuvchi asosiy omillar o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida 40 nafar respondent ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning kundalik faoliyati, jismoniy faollik darajasi, gigiyenik odatlari hamda o‘quv jarayonidagi holati tahlil qilindi. Olingan natijalar o‘quvchilar orasida kamharakatlilik, noto‘g‘ri o‘tirish odatlari, og‘ir maktab sumkasi, mos bo‘lmagan o‘quv mebellari hamda jismoniy faollikning yetarli emasligi kabi omillar qaddi-qomat buzilishlariga ta’sir ko‘rsatayotganini ko‘rsatdi. Shuningdek, ayrim o‘quvchilarda tez charchash, bel va orqa mushaklarida og‘riq kabi belgilar aniqlangan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qaddi-qomatni to‘g‘ri shakllantirish va profilaktik choralarni kuchaytirish zarurligini ilmiy asosda ko‘rsatadi.
Перевод пока недоступен