KREKING DISTILLYATLARINI GIDRIRLASH JARAYONIDA Co–Mo/Al2O3 va Ni–Mo/Al2O3 KATALIZATORLARINING GIDRODESULFIRLASH SAMARADORLIGI VA SUYUQ FRAKSIYA UNUMIGA TA'SIRI
Аннотация
Maqolada kreking distillyatlarini gidrirlash jarayonida Co-Mo/Al₂O₃ va Ni-Mo/Al₂O₃ tipidagi sanoat gidrotozalash katalizatorlarining gidrodesulfirlash samaradorligi, mahsulotning suyuq fraksiyasi unumi va optimal harorat oralig‘iga ta’siri tahlil qilindi. Kreking distillyatlari, xususan suyuq katalitik kreking jarayonidan olingan yengil sikl moyi, yuqori aromatiklik hamda oltingugurtli va azotli geterosiklik birikmalar miqdori bilan tavsiflanadi. Bunday xomashyolarni chuqur gidrotozalashda katalizatorning faol sulfid fazasi, vodorod bosimi, harorat, xomashyoning hajmiy tezligi va H₂/xomashyo nisbati hal qiluvchi omillar hisoblanadi. Tahlil natijalariga ko‘ra, harorat 280 °C dan 400 °C gacha oshirilganda gidrodesulfirlash darajasi 45,2 % dan 99,5 % gacha ortadi. Shu bilan birga, mahsulotning suyuq fraksiyasi unumi 98,5 % dan 91,2 % gacha kamayadi. Jarayonni faqat gidrodesulfirlash darajasi bilan baholash yetarli emasligi sababli Keff = ηS × Yliq/100 ko‘rinishidagi texnologik samaradorlik koeffitsiyenti taklif qilindi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 360-370 °C oralig‘i yuqori gidrodesulfirlash darajasi, suyuq fraksiya unumining saqlanishi va gidrokreking reaksiyalarini cheklash nuqtayi nazaridan maqbul sanoat harorat sohasi sifatida asoslandi.
Перевод пока недоступен