EKG SIGNALLARINI XOS SON VA XOS VEKTORLAR ASOSIDA KOMPYUTERLI MODELLASHTIRISH
Аннотация
Ushbu maqolada elektrokardiogramma (EKG) signallarini statistik tahlil qilish masalasi ko'rib chiqilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi EKG signallaridan ajratib olingan muhim parametrlar asosida kovariatsiya matritsasini tuzish hamda uning xos sonlari va xos vektorlarini hisoblash orqali signallarning asosiy xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Xos sonlar yordamida EKG signallaridagi axborot taqsimoti baholanib, eng muhim komponentlar tanlab olindi. Xos vektorlar esa signal fazosini yangi o'qlarga proyeksiyalash imkonini berib, ma'lumotlar o'lchamini kamaytirish va tahlilni soddalashtirishga xizmat qildi. Olingan natijalar EKG signallarini qayta ishlash, diagnostik tahlil va yurak faoliyatini baholash jarayonlarida statistik yondashuvlarning samaradorligini ko'rsatadi. Tadqiqot natijalari biotibbiy signallarni tahlil qilish sohasida qo'llanilishi mumkin.
Перевод пока недоступен