Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

Adliya organlari huquqiy maqomini takomillashtirishda "huquqiy ta'sirchanlik" mezonining nazariy-huquqiy ahamiyati

Shoyimqulov OybekToshkent davlat yuridik universiteti magistranti
ABI

Аннотация

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida adliya organlarining huquqiy maqomini nazariy-huquqiy jihatdan takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Unda adliya organlari maqomini faqat vazifa va funksiyalar majmui sifatida emas, balki davlat boshqaruvi tizimidagi o‘rni, normativ-huquqiy tartibga solish sifatiga ta’siri, huquqiy ekspertiza, huquqiy monitoring, metodik rahbarlik va huquqiy xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan bog‘liq kompleks institut sifatida baholash zarurligi asoslanadi. Tadqiqotda adliya organlarining huquqiy maqomini belgilashda “huquqiy ta’sirchanlik” mezoni alohida ilmiy kategoriya sifatida ilgari suriladi. Ushbu mezon adliya organlari tomonidan beriladigan taqdimnoma, ogohlantirish, metodik ko‘rsatma, huquqiy ekspertiza xulosasi va monitoring natijalarining real huquqiy oqibat keltirib chiqarish darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Shuningdek, tezisda adliya organlari faoliyatining an’anaviy nazorat modelidan huquqiy muammolarni oldindan aniqlovchi, tahlil qiluvchi va bartaraf etishga ko‘maklashuvchi “huquqiy servis instituti” modeliga bosqichma-bosqich o‘tishi zarurligi asoslab beriladi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0