ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING "BOBURNOMA" ASARIDA FARG'ONA VODIYSINING TASVIRLANISHI
Аннотация
Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub Boburnoma asari asosida Farg‘ona vodiysining XV asr oxiri – XVI asr boshlaridagi tabiiy-geografik holati, ma’muriy-hududiy tuzilishi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti hamda etnik-madaniy muhiti kompleks tarzda tahlil etiladi. Tadqiqotda Bobur tomonidan keltirilgan empirik kuzatuvlar va tavsiflar tarixiy-geografik manba sifatida o‘rganilib, ularning ilmiy ahamiyati ochib beriladi. Xususan, vodiyning chegaralari, irrigatsiya tizimi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, savdo-iqtisodiy aloqalari hamda urbanistik rivojlanish darajasi Andijon, Marg‘ilon, Xo‘jand kabi markaziy shaharlar misolida tahlil qilinadi. Shuningdek, aholi tarkibi, til muhiti va madaniy jarayonlar Bobur qarashlari asosida yoritilib, ularning Movarounnahr tarixidagi o‘rni aniqlashtiriladi. Tadqiqot natijalari Boburnoma asarining Farg‘ona vodiysi tarixini rekonstruksiya qilishda muhim, ishonchli va ko‘p qirrali manba ekanligini ilmiy jihatdan asoslashga xizmat qiladi.
Перевод пока недоступен