Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

Normal homiladorlikning birinchi, ikkinchi, uchinchi trimestrida UZI tahlili ko'rsatkichlari

Bobomurodova SarvinozToshkent davlat tibbiyot universiteti "Tibbiy radiologiya" kafedrasi talabasi T/r Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasiRaxmonova Gulbahor ErgashevnaToshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son tibbiyot radiologiyasi kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori E-mail: [email protected]Bozorboyeva FotimaToshkent davlat tibbiyot universiteti, Tibbiy radiologiya kafedrasi magistranti T/r Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi E-mail: [email protected]
ABI

Аннотация

Normal kechayotgan homiladorlikning birinchi, ikkinchi va uchinchi trimestrlarida ultratovush tekshiruvi (UZI) ko'rsatkichlarining klinik-diagnostik ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda homilaning rivojlanish dinamikasini baholashda qo'llaniladigan asosiy fetometrik va funksional parametrlar quyidagilardan iborat: birinchi trimestrda (11-13+6 haftalar) embrionning toj-dumg'aza uzunligi, yurak urish soni, bo'yin burmasi qalinligi, xorion va yo'ldoshning joylashuvi hamda homilaning yashovchanligi aniqlanadi. Ikkinchi trimestrda (18-22 haftalar) fetometriya ko'rsatkichlari - biparietal o'lcham, bosh aylana uzunligi, qorin aylana uzunligi, son suyagi uzunligi hamda homila anatomiyasinin skrining bahosi o'tkaziladi. Uchinchi trimestrda (30-34 haftalar) homilaning o'sish sur'ati, taxminiy vazni, yo’ldosh yetuklik darajasi, amniotik suyuqlik indeksi va uteroplasentar hamda fetoplasentar qon oqimi Dopplerometriya yordamida baholanadi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0