Перейти к основному содержанию
Статья

ONA TILI DARSLARIDA KONSTRUKTIV TA'LIM METODLARIDAN FOYDALANISHNING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI

Zilola XidirovaRenessans ta'lim universiteti Filologiya va tarix fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi
ABI

Аннотация

Mazkur ilmiy ishda ona tili darslarida konstruktiv ta’lim metodlaridan foydalanishning lingvodidaktik asoslari hamda ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqotda konstruktiv yondashuvning zamonaviy pedagogik paradigmalar tizimidagi o‘rni ochib berilib, uning o‘quv jarayonini faollashtirishdagi metodik imkoniyatlari asoslanadi. Xususan, Finlyandiya ta’lim tizimida o‘quvchini ta’lim jarayonining faol subyekti sifatida shakllantirishga qaratilgan ilg‘or tajriba hamda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish va o‘quvchilarda mustaqil fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan islohotlar doirasida konstruktiv ta’limning didaktik ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasi, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari va ijodiy faoliyatini rivojlantirishda interaktiv metodlarning samaradorligi ilmiy jihatdan asoslanadi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0