Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

RUMIY FALSAFASI VA ZAMONAVIY INSONNING RUHIY INQIROZI

Madina MardonovaPhD student Department of Eastern Philosophy and Hermeneutics Tashkent State University of Oriental Studies Email: [email protected]
ABI

Аннотация

Ushbu maqola Jaloliddin Rumiyning falsafasi va uning zamonaviy inson ruhiy inqirozlarini yengishga bo‘lgan amaliy ahamiyatini o‘rganadi. Zamonaviy jamiyatda texnologik taraqqiyot inson hayotini yengillashtirsa-da, ruhiy stress, yolg‘izlik, depressiya, ichki bo‘shliq va ma’naviy yetishmovchilik kabi muammolarni kuchaytirmoqda. Maqolada Rumiy asarlaridagi ichki poklanish, ruhiy uyg‘onish, haqiqiy sevgi va insonning o‘zligini anglash konseptlari tahlil qilinadi. Nay misoli va Masnaviy baytlari orqali inson ruhiy holatining sirli va murakkab jihatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Rumiy falsafasi zamonaviy inson uchun ruhiy barqarorlik, qanoat, ichki tinchlik va hayotiy ma’naviy yo‘l-yo‘riqni rivojlantirishda samarali vosita bo‘la oladi. Shuningdek, maqolada zamonaviy kitobxon va yozuvchilarning ruhiy ozuqa bilan ishlashdagi muammolari, kitob tanlashdagi noto‘g‘ri yondashuvlari ham tahlil qilinadi. Ushbu tadqiqot Rumiy falsafasining insonning ruhiy salomatligi, ma’naviy uyg‘onishi va ichki tinchlikni topishdagi amaliy foydasini yoritib beradi hamda zamonaviy jamiyatdagi ruhiy bo‘shliqni to‘ldirish yo‘llarini ko‘rsatadi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0