O"ASOSIY HUQUQLARNING GORIZONTAL TA'SIRI: GERMANIYA VA AQSH YONDASHUVLARINING QIYOSIY TAHLILI"
Аннотация
Ushbu tezisda fundamental huquqlarning xususiy huquqiy munosabatlarga ta'siri Germaniya va AQSH konstitutsiyaviy-huquqiy tizimlari doirasida qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda fundamental huquqlarning normativ tabiati va ularning qo'llanish mexanizmi prinsiplar va qoidalar nazariyasi hamda mutanosiblik prinsipi asosida yoritiladi. Germaniya huquqida fundamental huquqlar obyektiv qadriyatlar tizimi sifatida talqin qilinib, xususiy huquqqa bilvosita ta'sir ko'rsatadi (indirect Drittwirkung). AQSH huquqida esa fundamental huquqlar asosan davlat harakatlariga nisbatan qo'llanadi va xususiy munosabatlarga tatbiq etilishi State Action Doctrine orqali cheklanadi, faqat ayrim istisno holatlarda gorizontal ta'sir yuzaga keladi. Natijada Germaniya modeli xususiy huquqning konstitutsionlashuviga olib kelsa, AQSH modeli davlat va xususiy soha o'rtasidagi qat'iy chegarani saqlab qoladi.
Перевод пока недоступен