Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

O'zbekiston Respublikasida Mahalliy davlat hokimiyati organlarining roli

Murodov Ruslan Uzoq o'g'liNamangan davlat universiteti Yuridek fakulteti 1-bosqich Au-25 guruhi talabasi
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining jamiyat va davlat boshqaruvidagi oʻrni hamda ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, mahalliy hokimiyat organlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish, hududiy muammolarni hal etish hamda davlat siyosatini joylarda samarali amalga oshirishdagi roli yoritib beriladi. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati tizimining huquqiy asoslari, ularning vakolatlari va faoliyat yoʻnalishlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada davlatimiz tomonidan ularga berilgan yangi vakolatlar va ularning jamiyat hayotida talqin qilinishi davlat rahbari qonun chiqaruvchi organlarning qonunlari qay tarzda amalga oshirilayotganligi haqida yoritiladi. Bundan tashqari mahalliy davlat hokimyati organlarining davlatimiz hayotidadagi asosiy roli haqida ham yoritiladi. Kirish Bugungi kunda davlat boshqaruvi tizimida mahalliy davlat hokimiyati organlarining roli tobora ortib bormoqda. Hududlarni barqaror rivojlantirish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o'z vaqtida hal etish hamda davlat siyosatini joylarda samarali amalga oshirish jarayonida mahalliy hokimiyat organlari muhim o'rin egallaydi. Oʻzbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini demokratlashtirish va takomillashtirish jarayonida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini rivojlantirish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mahalliy davlat hokimiyati organlari hududiy boshqaruvning asosiy bo'g'ini bo'lib, ular viloyat, tuman va shahar darajasida faoliyat yuritadi. Ushbu organlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, mahalliy byudjetni shakllantirish va undan samarali foydalanish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda jamoat tartibini ta'minlash kabi muhim vazifalarni bajaradi. Shu bilan birga, ular davlat va aholi o'rtasida muhim bog'lovchi bo'g'in vazifasini ham bajaradi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0
Показатели — AkademScholar · Скоро