MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARINING IQTISODIY RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA ISTIQBOLLARI
Аннотация
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mamlakatlarining so‘nggi yillarda kuzatilayotgan iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari va ularning yaqin istiqboldagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Mustaqillik yillaridan so‘ng mintaqa davlatlari – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston – iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish va milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish yo‘lida muhim natijalarga erishdi. So‘nggi davrda mintaqada sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi, transport va energetika infratuzilmasining kengayishi, shuningdek, xorijiy investitsiyalar hajmining ortishi kuzatilmoqda. Maqolada ayniqsa O‘zbekiston va Qozog‘istonning iqtisodiy siyosati, eksport salohiyatini oshirish, raqamli iqtisodiyot va yashil energiya loyihalarini rivojlantirish borasidagi yondashuvlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Перевод пока недоступен