BOSHLANG'ICH TA'LIMDA MATEMATIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH.
Аннотация
Ushbu maqolada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik tafakkurini rivojlantirish yo‘llari va uni o‘rganishga oid ma’lumotlar berilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik tafakkurni rivojlantirish zamonaviy ta’lim tizimining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Chunki matematika faqatgina hisob-kitob bilan cheklanib qolmay, bolalarda tafakkur, mantiqiy fikrlash,tahlil qilish qobiliyati, muammoli vaziyatlarga yechim topish, sabr-toqat va aniqlik kabi muhim ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.Boshlang‘ich ta’limda matematik ta’lim muayyan pedagogik yondashuvlarni talab etadi. O‘qituvchilar har bir o‘quvchining individual xususiyatlari, yoshi va psixologik tayyorgarligini hisobga olgan holda darslarni samarali tashkil etishlari zarur. Bu borada o‘quvchilarning yangi bilimlarni o‘zlashtirishi, ularni amalda qo‘llay olishi hamda mustaqil fikrlashini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik tafakkurni rivojlantirish masalalari yoritilgan
Перевод пока недоступен