SHAXMAT ORQALI DIQQAT VA XOTIRANI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Аннотация
Ushbu maqolada shaxmat o'yini orqali yosh avlodning diqqati va xotirasini rivojlantirishning samarali usullari tahlil qilinadi. Globallashuv jarayonida axborotlar oqimi kuchayib, yoshlar ongiga turli xil yot g'oyalar va begona qadriyatlar kirib kelayotgan bir paytda, ularning tafakkurini mustahkamlash, diqqatini jamlash va xotirasini o'stirish dolzarb vazifaga aylangan. Shaxmat nafaqat intellektual o'yin, balki milliy qadriyatlarimiz bilan uyg'un holda, yoshlarda sabr-toqat, strategik fikrlash, maqsadga intilish kabi fazilatlarni tarbiyalovchi vostadir. Maqolada shaxmatning diqqatni jamlashga, qisqa va uzoq muddatli xotirani kuchaytirishga, mantiqiy va analitik tafakkurni rivojlantirishga ta'siri ilmiy-nazariy jihatdan asoslanadi. Shuningdek, shaxmat orqali yoshlarni milliy g'oya ruhida tarbiyalash, ularni aqidaparastlik va yot g'oyalar ta'siridan himoya qilish imkoniyatlari ko'rib chiqiladi.
Перевод пока недоступен