Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

ROLLI O'YINLAR ORQALI BOLALARNI KASBLAR BILAN TANISHTIRISH

Nosirova FotimaxonQo'qon universiteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 1-24 guruh talabasi
ABI

Аннотация

Mazkur tezisda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida rolli o'yinlar orqali bolalarni turli kasblar bilan tanishtirishning pedagogik ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan. Bolaning shaxs sifatida shakllanishida, uning nutqiy rivojlanishi, ijtimoiy faolligi, mustaqil fikrlashi hamda kelajak kasbiga bo'lgan dastlabki qiziqishining paydo bo'lishida rolli o'yinlarning o'rni beqiyosdir. Ayniqsa, "shifokor", "o'qituvchi", "quruvchi", "oshpaz", "uchuvchi", "dehqon", "sotuvchi" kabi kasblarni sahnalashtirish orqali bolalar jamiyatdagi mehnat taqsimoti, kasblarning vazifasi va inson hayotidagi ahamiyatini amaliy ravishda anglab boradilar. Tadqiqot davomida rolli o'yinlarning psixologik-pedagogik asoslari, ularning bolalarda nutq, tafakkur va ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishdagi ta'siri tahlil qilinadi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim tizimida kasbga yo'naltirishning dastlabki bosqichi sifatida rolli o'yinlardan foydalanish metodikasi ko'rsatib beriladi. Xulosa sifatida rolli o'yinlar bolalarni kasblar bilan tanishtirishning samarali, qiziqarli va tarbiyaviy jihatdan boy usuli ekanligi ilmiy asoslanadi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0