INGLIZ VA O'ZBEK TILLARI PROFESSIONAL NUTQ FORMULALARIDA KONSEPTUAL VA VERBAL-SEMANTIK STRUKTURANING QIYOSIY TAHLILI
Аннотация
Mazkur maqolada ingliz va o'zbek tillaridagi professional nutq formulalarining konseptual hamda verbal-semantik xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda rasmiy muloqot, ishbilarmonlik nutqi va kasbiy kommunikatsiyada qo'llaniladigan til birliklari o'rganilib, ularning semantik tuzilishi, pragmatik funksiyasi va madaniy xususiyatlari yoritiladi. Ingliz tilidagi professional nutq formulalari ko'proq standartlashgan va qisqa ifodalar asosida shakllangan bo'lsa, o'zbek tilida hurmat, ijtimoiy masofa va milliy mentalitet aks etuvchi murakkab verbal birliklar ustunligi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari lingvokulturologiya, qiyosiy tilshunoslik va kasbiy kommunikatsiya sohalarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Перевод пока недоступен