ROLLI O'YINLAR ORQALI BOLALARNI KASBLAR BILANTANISHTIRISH
Аннотация
Ushbu ishda rolli o'yinlar orqali bolalarni kasblar dunyosi bilan tanishtirishning amaliy va pedagogik ahamiyati yoritilgan. Bolalik davrida atrofdagi olamni anglash va ijtimoiy munosabatlarni o'rganish bevosita o'yin faoliyati orqali amalga oshadi. Rolli o'yinlar bolalarga turli kasb egalarining mehnat faoliyati, majburiyatlari, ish qurollari va jamiyatdagi o'rni haqida ilk hayotiy tushunchalarni shakllantirish imkonini beradi. Shifokor, o'qituvchi, sotuvchi, oshpaz va haydovchi kabi an'anaviy rollar orqali bolalarda insonlar o'rtasidagi muloqot madaniyati poydevori qo'yiladi. Shu bilan birga, zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlangan davrda IT dasturchi, dizayner va muhandis kabi yangi sohalarni o'yin syujetlariga integratsiya qilish usullari tahlil etilgan.Ishda ta'kidlanishicha, kasbiy rolli o'yinlar nafaqat bilim beradi, balki bolaning shaxs sifatida shakllanishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Bola o'yin jarayonida qaror qabul qilish, jamoada ishlash, muammoli vaziyatlardan chiqish va mas'uliyatni his qilish kabi muhim amaliy ko'nikmalarni o'zlashtiradi. Masalan, do'kondor o'yinida matematik hisob-kitob va moliyaviy savodxonlik, shifokor o'yinida esa hamdardlik hamda g'amxo'rlik xislatlari tabiiy ravishda rivojlanadi.
Перевод пока недоступен