SOVUQ URUSH DAVRIDA AQSH VA SSSR ÒRTASIDAGI MAFKURAVIY KURASHNING JAHON SIYOSATIGA TA'SIRI
Аннотация
Ushbu tezisda Sovuq urush davrida AQSh va SSSR o'rtasida kechgan mafkuraviy kurashning jahon siyosatiga ko'rsatgan ta'siri chuqur tahlil qilinadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyo siyosiy jihatdan ikki qutbga bo'linib, kapitalistik va sotsialistik tizimlar o'rtasidagi qarama-qarshilik xalqaro munosabatlarning asosiy yo'nalishiga aylandi. Ushbu davrda harbiy-siyosiy bloklar shakllandi, xususan NATO va Varshava shartnomasi tashkil etildi, bu esa global xavfsizlik tizimining keskinlashuviga olib keldi. Shuningdek, qurollanish poygasi, ayniqsa yadroviy qurollar sohasidagi raqobat dunyo barqarorligiga katta tahdid soldi. Mafkuraviy kurash faqat harbiy sohada emas, balki iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy jabhalarda ham o'z aksini topdi. Tezisda Sovuq urushning rivojlanayotgan davlatlar siyosatiga, mintaqaviy mojarolarga hamda xalqaro diplomatiya tizimiga ko'rsatgan ijobiy va salbiy ta'sirlari kompleks tarzda yoritiladi. Shu orqali global siyosiy jarayonlarning shakllanishida ushbu davrning o'rni va ahamiyati ochib beriladi.
Перевод пока недоступен