TARIXIY ROMANLARDA OBRAZLARNING IFODALANISH XUSUSIYATI ("QUTLUG' QON" ROMANI MISOLIDA)
Аннотация
Ushbu maqolada Muso Toshmuhammad o'g'li Oybekning "Qutlug' qon" romani misolida tarixiy romanlarda obrazlarning ifodalanish xususiyatlari tahlil qilingan. Asarda Yo'lchi, Gulnor, Mirzakarimboy, Yormat, Tantiboyvachcha, Shoqosim kabi obrazlarning tipologik, psixologik va ijtimoiy jihatlari yoritilgan. Shuningdek, psixologizm, konflikt, portret, ichki monolog, stilistik individualizatsiya hamda tarixiy realizmning obraz yaratishdagi o'rni ochib berilgan. Romandagi sinfiy tabaqalanish, boy va kambag'al qatlam o'rtasidagi ziddiyatlar, jadidchilik harakati, feodal munosabatlar va inson qadr-qimmati masalalari obrazlar vositasida ifodalanganligi ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqot davomida Oybekning so'z qo'llash mahorati, obrazlar dinamikasi va tarixiy haqiqatni badiiy ifodalash usullari tahlil etilgan.
Перевод пока недоступен