Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

IFS asosida fraktal tuzilishli mebelsozlik obyektlarini geometrik modellashtirish

Sh.A. AnarovaMuhammad al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent, O'zbekistonS. N. IsmailovaMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent, O'zbekiston
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada iteratsion funksiyalar tizimi (IFS) asosida fraktal tuzilishli mebelsozlik obyektlarini geometrik modellashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda fraktal geometriyaning o'ziga xos xususiyatlari, xususan, o'z-o'ziga o'xshashlik, masshtablanuvchanlik va rekursivlik tamoyillari tahlil qilinadi. Mebelsozlik va interyer dizaynida fraktal modellashtirishning ahamiyati hamda estetik va funksional afzalliklari asoslab beriladi. Ishda Barnsley tomonidan taklif etilgan iteratsion funksiyalar tizimi yordamida fraktal shakllarni hosil qilish algoritmlari ko'rib chiqilib, affin almashtirishlar orqali murakkab geometrik tuzilmalarni yaratish imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, oltin nisbatga asoslangan fraktal shakllar va ularning mebel dizaynida qo'llanilishi misollar orqali tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida fraktal modellashtirishning zamonaviy dizayn jarayonlarida samarali vosita ekanligi hamda u orqali innovatsion va estetik jihatdan mukammal mebel obyektlarini yaratish mumkinligi aniqlangan.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0