Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

TEPAQUL 5 NEOLIT MAKONI (ZARAFSHON VOHASI)

N XolmatovSh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiS ShnayderRFA SB Arxeologiya va etnografiya institutiG MarkovskiyAl-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy UniversitetiZ XolmatovaOʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Antropologiya instituti
ABI

Аннотация

Maqolada O‘rta Zarafshon vohasi (O‘zbekiston) hududidagi Qoratepa tog‘ massivining shimoliy yonbag‘rida joylashgan Tepaqul-5 neolit manzilgohida 2025-yilda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari taqdim etilgan. Yodgorlik Tepaqulsoyning uchinchi yon terrasasida joylashgan bo‘lib, Sazag‘on neolit madaniyati makonlari qatoriga kiradi. 15 kv. m.maydonli qazishma va 4,4 m chuqurlikdagi nazorat shurfi davomida litologik xususiyatlari va arxeologik materiallar to‘yinganligi bo‘yicha farqlanuvchi to‘rtta stratigrafik qatlam aniqlandi. Aholi joylashuvining eng faol bosqichi topilmalarning asosiy qismini o‘z ichiga olgan ikkinchi qatlamda qayd etilgan.Jami uchta madaniy qatlamdan 362 ta arxeologik artefakt, jumladan, tosh buyumlar, sopol parchalari, hayvon suyaklari, mollyuska chig‘anoqlari va urug‘ qoldiqlari topildi. Tosh industriyasi mikroplastinalarning yuqori ulushi va ponasimon qurollarning ustunligi xususiyati bilan xarakterlanadi. Sazag‘on madaniyati yodgorliklari uchun noyob hodisa bo‘lgan yagona geometrik mikrolit mavjudligi qayd etildi. Xomashyo tahlili asosan chaqmoqtoshdan foydalanilganligini ko‘rsatdi.Qo‘lga kiritilgan materiallar manzilgohning Markaziy Osiyoning tog‘li va tog‘ oldi hududlaridagi mezolit-neolit jamoalari doirasiga mansubligini tasdiqlaydi hamda ularning xo‘jalik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va terrasa landshaftlari sharoitlariga moslashuvi haqidagi tasavvurlarni aniqlashtirib beradi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0
Показатели — AkademScholar · Скоро