XALQARO BAHOLASH TIZIMLARI: PIRLS TAJRIBASI HAMDA UNING AHAMIYATI
Аннотация
XALQARO BAHOLASH TIZIMLARI: PIRLS TAJRIBASI HAMDA UNING AHAMIYATI Mashrapova Sevara Xabibovna Namangan davlat chet tillari instituti tayanch doktoranti E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.20542688 Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan xalqaro baholash dasturlari — PIRLS va ePIRLSning mazmun-mohiyati, metodologik asoslari va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholashda qo‘llaniladigan kognitiv jarayonlar, matn turlari va topshiriqlar darajasi batafsil yoritilgan. Ayniqsa, raqamli muhitda axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantiruvchi ePIRLS tizimining an’anaviy baholashdan farqli jihatlariga alohida urg‘u berilgan. Maqolada o‘quvchilarning muvaffaqiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, jumladan, oilaviy muhit va ota-onalar ishtirokining ahamiyati statistik ma’lumotlar asosida asoslab beriladi. Tadqiqot yakunida milliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va o‘quvchilarning tahliliy fikrlash qobiliyatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: PIRLS, o‘qish savodxonligi, boshlang‘ich ta’lim, kognitiv jarayonlar, raqamli savodxonlik, baholash mezonlari, oilaviy muhit, ta’lim sifati.
Перевод пока недоступен